"Chelsi" himoyachisi uchun "Yuventus" va "Inter" o‘zaroa raqobatlashadi

  • 30 sentabr, 2020, 20:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" va "Inter" klublari "Chelsi" himoyachisi Markos Alonsoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, A Seriya grandlari 28 yoshli ispaniyalik futbolchini joriy yozgi transferlar oynasi yopilgunicha qo‘lga kiritmoqchi. “Aristokratlar” ham bosh murabbiy Frenk Lempard bilan munosabatlari buzilgan Alonsoni sotib yuborishga tayyor.

Alonso joriy mavsum “Chelsi” safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!