«Chelsi» hujumchisi Delap APLdan ketishni istamaydi
Londonning «Chelsi» jamoasi forvardi Liam Delap Italiya grandi qiziqishiga qaramasdan, Angliya premer-ligasini tark etishni istamayapti.
Insayder Aleks Kruk xabariga ko‘ra, 23 yoshli hujumchiga Italiyaning «Komo» klubi jiddiy qiziqmoqda. «Chelsi» rahbariyati Delapni taxminan 45 million yevro evaziga sotishga tayyor. Biroq futbolchining o‘zi hozircha Angliya chempionatidan ketishga shoshilmayapti. Ma’lumki, Liam Delap 2025 yil yozida «Ipsvich» klubidan «Chelsi» safiga qo‘shilgan, ammo shu kungacha asosiy tarkibdan mustahkam o‘rin egallay olmadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Delap «Chelsi» tarkibida premer-ligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, atigi bir bor gol urdi va to‘rt marta sariq kartochka oldi.

Fikrlar