
"Chelsi" hujumchisi "Fulxem"ga o‘tdi
Qishki transfer oynasida hujumchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilgan "Fulxem" vanihoyat o‘z maqsadiga erishdi. Londonliklar qo‘shnisidan Armando Broyani mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olganini e’lon qildi.
Shartnoma shartlariga ko‘ra, futbolchi mavsum so‘nggiga qadar 10 ta o‘yinni asosiy tarkibda boshlasa, "Fulxem" ijara pulini to‘lamaydi. Agarda u 10 ta uchrashuvda boshlang‘ich tarkibdan joy olmasa, klub "aristokratlar" hisobiga 4 million o‘tkazib beradi.
Transferlar oynasining so‘nggi kunlarida "Vulverxempton" ham ushbu transferni amalga oshirishga harakat qilib ko‘rdi, lekin futbolchining o‘zi "Fulxem"ni tanladi.
Broya bundan oldin ham Premer-liganing boshqa bir jamoasiga ijaraga berilgan. U 2021-2022 yillarni "Sautgempton"da o‘tkazib, yaxshi taassurot qoldirgandi.
Ammo keyingi paytlarda hujumchining jarohatlari uni zaxiraga "mixladi". Shunday bo‘lsa ham, Armando ushbu mavsum 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qila oldi.
Fikrlar