"Chelsi" Iguain evaziga "Milan"ga Moratani bermoqchi

  • 21 dekabr, 2018, 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi hamon “Milan”da ijara asosida to‘p surayotgan “Yuventus” forvardi Gonsalu Iguainni sotib olish fikridan qaytmayapti.

Tecno

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra londonliklar argentinalik forvard evaziga “rossonerilar”ga o‘zining ispaniyalik hujumchisi Alvaro Moratani taklif qilishmoqchi. Qayd etish lozimki, Iguain “aristokratlar” ustozi Mauritsio Sarri bilan “Napoli”da birga faoliyat olib borgan, “Milan” esa ko‘pdan buyon Morataning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Iguain joriy mavsum A Seriyada jami 12ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 5ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 26 yoshli Morata esa APLda 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!