
"Chelsi" "Inter" etakchisini sotib olmoqchi
"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella faoliyatini "tumanli albion"da davom ettirishi mumkin.
"Calciomercatoweb" xabariga ko‘ra, italiyalik futbolchi xizmatiga "Chelsi" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jamoa Jorjino va N'Golo Kanteni qo‘yib yuborishi mumkinligi sababli bu kelishuvni tezroq amalga oshirishni niyat qilgan.
O‘z navbatida, "nerradzurrilar" o‘z yarim himoyachisini 60 million evro evaziga sotishga tayyor. "Transfermarkt" portali esa uni 70 million evroga baholamoqda.
Nikolo 2020 yildan beri milanliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar