“Chelsi”: Jamoani boshqar, sen aytganning bo‘ladi!
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandan beri ishsiz yurgan Xabi Alonso Londonning “Chelsi” jamoasi boshqaruviga tayinlanishga yaqin turibdi.
The Touchline nashri ma’lumotiga koʻra, Alonso “Chelsi” loyihasiga ishonmoqda, bu loyiha Luis Enrique PSJda yaratgan tizimga oʻxshaydi.
Biroq ispaniyalik mutaxassisning asosiy talablaridan biri tarkib va muhim sport qarorlari ustidan toʻliq nazoratni oʻz qoʻliga olishdan iborat.
Qayd etilishicha, londonliklar rahbariyati bu talabni qondirishga rozi, chunki ular jamoaning sobiq murabbiyi Enzo Mareska bilan munosabatlarda yoʻl qoʻyilgan xatolarni takrorlashni istamaydi.
“Chelsi” bu mavsum barqarorlik namoyish qila olmadi. Buning ortidan chempionat davomida ikkim arta murabbiy almashtirishiga toʻgʻri keldi.

Fikrlar