“Chelsi” juda iqtidorli futbolchi topdi

  • 16 oktabr, 2021, 08:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas tuxel 19 yoshli hujumkor futbolchi Noni Maduekeni o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Ayni paytda angliyalik futbolchi PSV tarkibida Niderlandiya chempionatida to‘p tepmoqda. Iste’dodli yoshlar sirasiga kiruvchi Madueke futbol sir-asrorlarini “Kristal Pelas”da o‘rgana boshlagan. 2014 yilda uni “Tottenxem” akademiyasiga jalb qilishgan.

Noni 2018 yilda PSV akademiyasiga ko‘chib o‘tdi va bir yildan so‘ng, o‘rinbosarlar jamoasi – “Yong PSV” tarkibida Niderlandiya chempionatining ikkinchi darajali turnirida debyut qildi.

2020 yildan beri mamlakat chempionatining oliy ligasi – Eredivizida o‘ynab kelmoqda. Ayni paytga qadar yosh bo‘lishiga qaramay, Madueke PSV uchun 50 ta uchrashuv o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 9 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Bu o‘yinchiga “Chelsi”dan tashqari “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!