
“Chelsi” manchesterliklarning qimmatbaho futbolchini nishonga oldi
“Chelsi” mutasaddilari “Manchester Siti”dan futbolchi olishni rejalashtirmoqda.
“Aristokratlar” nishoniga Jek Grilish tushgan. “Shaharliklar” bu o‘yinchini 2021 yili 100 million funtga xarid qilgandi.
Bora-bora Jek Grilish Xosep Gvardiola jamoasida ikkinchi darajali ijrochiga aylanib qoldi. Keyingi paytda 28 yoshli futbolchi sobiq jamoasi “Aston Villa”ga qaytishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqala boshladi.
Grilish o‘ziga asosiy rolni beradigan boshqa klubga o‘tishga moyillik bildiryapti. Transferlar masalasida “Chelsi” manchesterliklar bilan yaxshi munosabatga ega.
Ular huddi avvalgi mavsumlarda “Siti”dan Rahim Sterling va Koul Palmerni olganidek, Jek Grilishni ham o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda.
Fikrlar