Chelsi" Maunt bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmadi

  • 28 may, 2023, 16:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachi Meyson Maunt bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn xabar berdi.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, klub kelasi yil uni tekinga yo‘qotishni istamagani uchun angliyalik futbolchini sotishga harakat qiladi. Joriy mavsum yakunida "Chelsi" rahbariyati Maunt bilan kelishuvga erishish uchun so‘nggi urinishni amalga oshiradi, biroq bu muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, u jamoani tark etadi. Angliyalik xavbekka "Liverpul", "Arsenal" yoki "Bavariya" kabi klublardan takliflar bor. Shu bilan birga, barcha futbolchining o‘zi "Manchester Yunayted"ga o‘tishni xohlaydi.

Maunt “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 24 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda “aristokratlar” safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali futbolchini 65 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!