"Chelsi" nimalar qilmoqchi? London klubi JChning yana bir kashfiyotiga qiziqib qoldi

  • 8 yanvar, 2023, 01:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" Frantsiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

London klubi "Borussiya" futbolchisi Markus Tyuram borasida muzokaralarni boshlab yubordi. "Ko‘klar" qishki transfer vaqtidayoq forvardni xarid qilmoqchi. 

Tyuramning myunxengladbaxliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘ngida yakinga etadi. Avvalroq, hujumchiga "Manchester Yunayted", "Inter" va "Bavariya" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Markus joriy mavsum Bundesligada 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 3 golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!