"Chelsi" o‘z tarbiyaluvchisini katta pulga qaytarmoqchi

  • 04.01.2025 21:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" yanvar oyida o‘z safiga Angliya terma jamoasi a’zosini qo‘shib olmoqchi.

GiveMeSport nashri xabar berishicha, London klubi "Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexini sotib olmoqchi. Manbada yozilishicha, "aristokratlar" bu transferni qishda amalga oshirishmoqchi. Bunga sabab, Gexiga "Liverpul", "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" kabi klublar qiziqmoqda va 24 yoshli futbolchini faqat yozda xarid qilishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Gexi "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Kristal Pelas" himoyachini "pensionerlar"dan 2021 yilning yozida sotib olgan.

Hozirda Markning narxi 45 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!