
"Chelsi" o‘z tarixida uchinchi marta EChL finaliga chiqdi, bu borada londonliklarning o‘ta g‘alati odati davom etmoqda
Biroz avval, UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalining javob bellashuvida "Chelsi" "Real"ni mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu "aristokratlar"ning uchinchi marotaba Evropa klublari miqyosidagi eng nufuzli turnir finalida qatnashishi bo‘ladi.
E’tiborlisi, londonliklar har uch safar ham mavsum davomida jamoaga olib kelingan murabbiy bilan bu ishni uddaladi. 2007 yilning sentyabrida muvaffaqiyatsiz start sababli, Joze Mourino jamoa murabbiyligidan ozod etiladi. Uning o‘rniga olib kelingan Avraam Grant esa, klubni tarixda ilk marotaba EChL finaliga olib chiqadi.
2012 yilda Andre Villash-Boash mavsum yarmida muvaffaqiyatsiz o‘yinlar sabab iste’foga chiqariladi. Uning yordamchisi Roberto di Matteo "Chelsi"ni musobaqa finaliga olib chiqadi va ilk titulni olib beradi.
Ushbu mavsumda esa Tomas Tuxel Frenk Lempardni almashtirganini yaxshi eslaysiz.
Fikrlar