
“Chelsi” qimmat o‘yinchidan voz kechmoqda
Footmercato nashrining yozishicha, “Chelsi” yozgi transferlar vaqtida qimmatbaho futbolchilaridan biri – darvozbon Kepa Arrisabalagani transferga qo‘yishga qaror qildi.
O‘z vaqtida 80 million evroga xarid qilingan posbon “Chelsi”ning oxirgi yillardagi eng omadsiz transferi hisoblanadi. Uning ketma-ket xatolaridan keyin klub Eduar mendini xarid qildi. Senegallik posbon Ispaniya terma jamoasi darvozabonini raqobatda ortda qoldirdi.
“Aristokratlar”ga katta maosh oladigan Kepani zaxirada olib o‘tirish ortiqcha xarajat hisoblanadi. Mendi asosimy tarkibga shu qadar mustahkam joylashganki, Arrisabalaganing o‘zi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun klubdan ketishi kerakligi yaxshi tushunib turibdi.
“Chelsi” Arrisabalagani 65 million evroga baholamoqda. Hozircha, unga bitta da’vogar “Nyukasl” bo‘lib turibdi. Biroq bu jamoa darvozabon transferini 50 million evroga hal qilmoqchi.
Fikrlar