
"Chelsi" qishki transferlar uchun 150 mln evro sarflamoqchi
Qishki transferlar davrida “Chelsi” klubi FIFA joriy etgan transfer ta’qiqidan forig‘ bo‘ladi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "aristokratlar" davralar oralig‘ida tarkibni keskin kuchaytirishmoqchi va buning uchun 150 million evro sarflashga tayyor.
Londonliklar bu borada "Lester" himoyachisi Ben Chiluell, "Kristal Pelas" vingeri Uilfrid Zaa va "RB Leyptsig" forvardi Timo Vernerlarni sotib olishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni Xalqaro sport arbitraj sudi “Chelsi”ga qo‘yilgan transfer ta’qiqi masalasini ko‘rib chiqadi.
Fikrlar