"Chelsi" rahbariyati Pochettino sabab o‘z futbolchisini sotishdan bosh tordi

  • 25 iyul, 2023, 13:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachi Konor Gallaxerning transferi bo‘yicha hamshahari "Vest Xem"ning birinchi taklifini rad etdi.

Tecno

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "bolg‘achilar" 23 yoshli angliyalik futbolchi uchun bonuslar bilan birga taxminan 40 million funt taklif qilgan. "Aristokratlar" rahbariyati esa bu taklifni ko‘rib chiqdi va bosh murabbiy Maurisio Pochettino bilan maslahatlashgan holda uni rad etishga qaror qildi.

Shunga qaramasdan, "Chelsi" kamida 50 million funt sterling talab qilayotgan Gallaxerga "Vest Xem"ning qiziqishi so‘ngani yo‘q.

Konor o‘tgan mavsumda "Chelsi" safida barcha turnirlarda jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 1 ta golga assistentlik qildi va 12 ta sariq kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!