“Chelsi” rahbarlari g‘azabda va yanvarda besh futbolchini haydaydi

  • 1 yanvar, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” Angliya Premer-ligasining oxirgi uchta uchrashuvida bitta durang va ikkita mag‘lubiyat qayd etdi. Bu natijalar klub xo‘jayinlarining g‘azabini keltirdi.

Endi klub bosh murabbiy Entso Mareskaning ishonchni oqlay olmayotgan futbolchilardan tezroq qutilmoqchi. Yanvarda besh nafar futbolchi ketishi kutilyapti.

Ular bilan tanishing:

Ben Chiluell – bu himoyachi asosiy tarkibga kira olmayapti. Uning o‘rnini Mark Kukurelya va Renatu Veyga olib qo‘ygan.

Karni Chukvuemeki – “Chelsi” bu futbolchi transferidan pul ishlab olmoqchi. Angliyalik o‘yinchi 40 million funtga sotib yuboriladi.

Chezare Kasadei — italiyalik iqtidor egasi “aristokratlar” asosiy tarkibiga kira olmayapti. Mareska asosan Romeo Laviya va Moyzes Kaysedoni o‘ynatyapti. Tez orada jamoaga Andrey Santos qo‘shiladi.

Aleks Matos – 20 yoshga to‘lgan bu futbolchining asosiy tarkibga kirishiga umuman imkon yo‘q. Yana bir yarim yillik shartnomaga ega bo‘lgan Aleks atigi 1 million evro turadi.

Xarvi Veyl – bir vaqtlar eng iqtidorli pleymeykerlardan hisoblangan 21 yoshli futbolchi salohiyatini namoyish qila olmadi va jamoada keraksiz o‘yinchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!