"Chelsi" "Real"ga sig‘magan futbolchini jamoaga jalb qilmoqchi
"Komo" klubining yarim himoyachisi Nikolas Pas Londonning "Chelsi" klubi kuzatuvida ekan. Bu haqda "TBR Football" xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Chelsi" iqtidorli xavbekka diqqat bilan qaramoqda, lekin "Real" bilan jiddiy raqobatga duch kelmoqda. "Real" 2024 yili uni "Komo"ga sotganidan keyin qayta sotib olish imkoniyatiga ega, ammo "Komo" Pas uchun ko‘proq summa taklif berishi mumkin bo‘lgan "Chelsi"ga sotishni ham xohlashi mumkin.
Joriy mavsumda Italiya A Seriyasida 21 yoshli Pas o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rt marotaba raqiblar darvozasini zabt etdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Pasning bozordagi qiymati 55 million evroni tashkil etadi.



Fikrlar