"Chelsi" Ryudigerga yangi shartnoma taklif qildi. Ammo...
Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati himoyachi Antonio Ryudiger bilan hamkorlikni davom ettirish istagida.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, “aristokratlar” 27 yoshli germaniyalik futbolchiga "3+1" ko‘rinishida yangi shartnoma imzolashni taklif qilishmoqda. Biroq, karantin tufayli bu boradagi muzokaralar keyinroqqa qoldirilgan.
Antonio Ryudiger “Chelsi” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida londonliklar safida 105 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 6 marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar