“Chelsi” safarda “Vest Bromvich”ni engdi va rasman Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi
Hozirgina Angliya premer-ligasining 37-turidan o‘rin olgan “Vest Bromvich” hamda “Chelsi” jamoalari bahsi yakunlandi.
“Aristokratlar” garchi safarda o‘ynayotgan bo‘lishsada, bugun faqat g‘alaba uchun maydonga tushishgan edi. Boisi, qo‘lga kiritiladigan uch ochko Antonio Konte shogirdlariga muddatidan avval Angliya chempionligini taqdim etar edi.
Yakunda uchrashuv 0:1 hisobida “Chelsi”ning g‘alabasi bilan yakunlandi va ular chempionlikni qo‘lga kiritishdi. O‘yindagi yagona golga 82-daqiqada Batshuayi mualliflik qildi.
Vest Bromvich, «Xoutorns» stadioni
«Vest Bromvich» – «Chelsi» – 0:1 (0:1)
Gol: Batshuayi 82
«Vest Bromvich»: Foster, MakOli (Uilson 64), Nom, Douson, Evans, Livermor, Fletcher, Fild (Yakob 51), MakKlin (Shadli 59), Brant, Rondon.
Bosh murabbiy: Toni Pulis.
«Chelsi»: Kurtua, Luis, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Zuma 86), Pedro (Batshuayi 76), Fabregas, Azar (Villian 75), Kosta.
Bosh murabbiy: Antonio Konte.

Fikrlar