"Chelsi" Serxio uchun kurashga qo‘shildi. "Real" uni sotib yuborishga tayyor
"Real" himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Avvalroq, futbolchiga "Everton" klubi tomonidan qiziqish bildirilayotgani ma’lum qilingan edi.
Hozirda himoyachi uchun kurashga "Chelsi" klubi ham qo‘shildi. Londonliklar "Lester" bilan Ben Chiluellning transferi bo‘yicha kechgan qiyin muzokaralar va "tulkilar"ning yuqori talablaridan so‘ng, boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.
"Real" klubi yakuniga etgan mavsumni "Sevilya" klubida ijara asosida o‘tkazgan Regilonni sotib yuborishga yoki yana ijaraga berishga tayyor.

Fikrlar