"Chelsi": "Shu futbolchiga ishonamiz"

  • 17 oktabr, 2021, 12:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi yozda italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma bilan shartnoma imzolashi mumkin edi. 

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "aristokratlar" shu yilning yozida "Milan"ni tark etgan Donnarummani jamoaga olib kelmoqchi bo‘lgandi. 

So‘nggi pallada London klubi rahbariyati bu fikrdan voz kechib, Eduar Mendiga ishonishga qaror qilgan. Sababi, klub senegallik posbonni kelajak uchun muhim ahamiyatga ega o‘yinchi sifatida ko‘rdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Mendi bu mavsum "Chelsi" safida umumiy 10 ta baxsda maydonga tushib, 5 ta "quruq o‘yin" o‘tkazdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!