"Chelsi" sobiq futbolchisi yurak muammolari sababli faoliyatini yakunlashi mumkin

  • 12.11.2025 15:07
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" va Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi Oskar yurak bilan bog‘liq muammolar tufayli "San-Paulu"dagi shifoxonalardan biriga yotqizildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Hodisa seshanba, 11 noyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. 34 yoshli futbolchi mashg‘ulot paytida hushini yo‘qotgan va ikki daqiqa davomida o‘ziga kelmagan.

"Futbolchi shifoxonaga etkazildi, u hozirda barqaror holatda bo‘lib, yurakdagi o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan o‘tmoqda. Yangi ma’lumotlar futbolchi bilan kelishilgan holda e’lon qilinadi", — deyiladi klub bayonotida.

Joriy mavsumda hujumkor yarim himoyachi jamoa safida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Manbalarga ko‘ra, Oskar yuz bergan holat sabab "San-Paulu" bilan shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish va futbolchilik faoliyatini yakunlash variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!