“Chelsi” super futbolchi uchun kuni kecha olgan himoyachisidan voz kechyapti

  • 2 sentabr, 2020, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati kuni kecha o‘z tarkibiga qo‘shib olgan Malang Sarrni “Bayer” yulduzi Kay Xavertsning transferiga qo‘shishga qaror qildi.

Tecno

Agar kelishuv amalga oshsa, 21 yoshli frantsiyalik himoyachi sotib olish huquqisiz bir yilga Leverkuzenga yo‘l oladi. Shunda “Chelsi” Xaverts uchun bonuslardan tashqari 72 million funt to‘laydi.

“Nitstsa”ni tark etib, erkin agentga aylangan Malang Sarr londonliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Bu himoyachini “Barselona” ham o‘z safiga chorlayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!