
“Chelsi” superhujumchi uchun “Real”ning har qanday taklifidan ko‘p to‘lashga tayyor
“Chelsi” yozgi transferlar vaqtida Erling Xolandni sotib olish niyati jiddiy ekanini namoyish qilmoqda.
Londonliklar bu hujumchini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar hisoblangan “Real”ning har qanday taklifidan ko‘proq to‘lashga tayyorligini ma’lum qildi.
Tez kunlarda “Chelsi” mutasaddilari Xolandning agenti Mino Rayola bilan uchrashib, norvegiyalik to‘purarning transferi bo‘yicha kelishib olishni maqsad qilgan. Abramovich vakillari Xolandni “Chelsi”ga ko‘ndirish uchun Rayolaga ham katta miqdorda gonorar va’da qilmoqda.
“Borussiya” bilan Xoland o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, 2021 yilning yozida 75 million evro to‘lagan har qanday klub norvegiyalik hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin bo‘ladi.
Fikrlar