“Chelsi” tarkibni yangilaydimi?

  • 05.02.2021 17:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi”ni qabul qilib olgan Tomas Tuxel ishni jamoa himoyasini kuchaytirishdan boshlamoqchi.

Germaniyalik mutaxassis yozgi transferlar vaqtida kuchli himoyachilarni olishga qaror qildi. Ayni paytda “Chelsi” mudofaasida Tiago Silva, Antonio Ryudiger, Kurt Zuma va Andreas Kristensen bor. Tuxel ular orasida Zuma va Kristensenga ishonch bildirmoqchi emas.

Shuning uchun yangi bosh murabbiy Bundesligadan ikki nafar himoyachi olishni rejalashtirmoqda. U “Leyptsig” vakili Dayot Upamekano va “Bavariya” o‘yinchisi Niklas Zyuleni olishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!