
“Chelsi” uchta yulduzni oladi
Evening Standard nashrining xabar berishicha, “Chelsi” mutasaddilari yozgi transferlar mavsumi yakunlangunga qadar yana uchta katta transferni amalga oshirishga qaror qildi.
Jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z jamoasida tajribali himoyachilar – Matteys de Ligt, Juyul Kunde va Dayo Upamekanoni ko‘rmoqchi.
Bu transferlar orasida eng murakkabi niderlandiyalik futbolchi hisoblanadi. Chunki Matteysga “Bavariya” xaridor va o‘yinchining o‘zi ham “Yuventus” rahbariyatini uni faqat Myunxen klubiga sotishni so‘ragan.
Bir tomondan de Ligt “Bavariya”ga o‘tsa, Dayo Upamekanoni olish imkoniyati keskin oshadi. Frantsiyalik himoyachi agar de Ligt transfer qilinsa, “Bavariya”dan ketishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Jyul Kundega xaridorlarning ko‘pligi ham “Chelsi”ning bu o‘yinchini olishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Fikrlar