"Chelsi" uni sotib olish uchun transfer rekordini yangilashga ham tayyor

  • 18 yanvar, 2021, 14:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” Dortmund klubi forvardi Erling Xoland Evropa grandlarining diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Tecno

The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, 20 yoshli norvegiyalik futbolchi “Chelsi”ning asosiy transfer nishoniga aylangan. “Aristokratlar” Xolandni qo‘lga kiritish uchun hatto o‘zining transfer rekordini ham yangilashga tayyor.

Erling Xoland uchun “Chelsi”dan tashqari “Manchester Siti” va “Barselona” ham kurash olib bormoqda. U joriy mavsum Bundesligada jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!