"Chelsi" va "Liverpul" "Sanderlend" darvozaboni uchun kurashmoqda

  • 18.05.2026 12:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Sanderlend" darvozaboni Robin Rufsgа Angliya Premier-ligasining ikki grandi qiziqish bildirmoqda.

"The Sun" ma'lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik golkiperni o‘z safiga qo‘shib olishni “Chelsi” va “Liverpul” istamoqda. Ehtimoliy transfer qiymati taxminan 60 million yevro atrofida baholanmoqda.

Rufs o‘tgan yozda klub safiga qo‘shilgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda darvozabon 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol o‘tkazib yubordi. Shu bilan birga, u 11 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!