"Chelsi" va "Suonsi" hujumchi almashadi
Angliya premer-ligasining ikki jamoasi - "Chelsi" va "Suonsi Siti" o‘z hujumchilarini almashadigan bo‘ldi.
Yozda "Marsel"dan "Chelsi"ga olib kelingan Mishi Batshuayi londonliklarning asosiy tarkibiga kirolmadi. Shuning uchun londonliklar 23 yoshli futbolchining ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun boshqa jamoaga o‘tishiga roziligini bildirdi.
"Chelsi" asosiy to‘purari Diego Kostaga raqobat qilish uchun "Suonsi" sharafini himoya qilayotgan ispaniyalik jahon chempioni Fernando Lorenteni olib kelishni istamoqda. Jamoa bsh murabbiyi Antonio Konte to‘purar hujumchining mahoratini yaxshi bilan. Murabbiy va futbolchi 2013-2015 yillari "Yuventus"da birga faoliyat olib borgan.
31 yoshli Fernando Lorente joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda oltita gol urdi. Batshuayi esa 12 ta o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasini bir marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar