"Chelsi" Xadson-Odoini "Bavariya"ga sotmaydi

  • 28 iyun, 2019, 08:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi chap qanot vingeri Kallum Xadson-Odoi yangi mavsumda ham jamoada qoladigan bo‘ldi.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Bavariya" 18 yoshli futbolchi uchun 25 mln evro taklif qilgan, biroq “aristokratlar” buni rad etishgan. Londonliklar yosh iqtidor egasi bilan amaldagi shartnomani yana 5 yilga uzaytirishni rejalashtirishmoqda.

Ma’lumot uchun, Xadson-Odoi o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 4ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!