
“Chelsi” Xaviga o‘z o‘yinchisini bermaydigan bo‘ldi
Kataloniyaliklar “Chelsi”ning 21 yoshli himoyachisi Yan Matsenni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgan edi.
Evening Standard nashri “aristokratlar” iste’dodli futbolchining shartnomasidagi hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha bandni qo‘llab, uni uzoqroq muddatga klubda olib qolishga qarorq qildi.
Endi Matsen 2025 yilning yarmigacha “Chelsi”ga bog‘langan bo‘ladi.
Kataloniyaliklar shartnomasi yakunlanayotgan o‘yinchi bilan yanvarda kelishib olmoqchi va yozda erkin agent sifatida Matsenni “Barsa”ga olib kelishmoqchi edi.
Fikrlar