“Chelsi” xo‘jayini futbolchisiga shu ikki jamoaga o‘tishni ta’qiqladi

  • 26 aprel, 2023, 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Athletic  nashrining xabariga ko‘ra, “Chelsi” yarim himoyachisi Meyson Maunt yozda boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda.

Tecno

Iste’dodli futbolchiga “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Bavariya”dan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.

“Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli Meyson Maunt bilan uchrashuv ham o‘tkazdi. Klub prezidenti o‘z futbolchisidan jamoada qolishni va yangi shartnoma tuzishni so‘ragan. Agar Maunt bunga ko‘nmasa,  "Liverpul” yoki “Arsenal”ga o‘tmaslikni tayinlagan.

Mutaxassislar Todd Byoli bu orqali kuchli futbolchining ashaddiy raqiblar tarkibiga qo‘shimcha qudrat qo‘shishini istamagani bilan izohlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!