
"Chelsi" yangi xo‘jayini bilan birdaniga APL rekordini yangiladi
"The Swiss Ramble" nashri xabariga ko‘ra, 2022/23 yilgi mavsumda London klubi bonuslarni hisobga olmaganda transferlar uchun 372 million funt sarflagan. "Aristokratlar" oldingi xo‘jayin Roman Abramovich qo‘l ostidagi mavsumda xarajat qilish bo‘yicha rekord 290 million funtni tashkil etgan ( 2017/18 yilgi mavsumda).
Premer-liganing bir mavsumdagi sarf-xarajatlari bo‘yicha rekordi "Manchester Siti"ga tegishli bo‘lib, "shaharliklar" 2017/18 yilgi mavsumda 328 million funt sterlingga futbolchilar sotib olgan.
Qayd etilishicha, 372 million funt – "Chelsi"ning barcha xarajatlari emas. Potentsial bonuslar 51 million funt. Bundan tashqari, klub Joau Felish va Denis Zakariyalarni ijaraga olish uchun 10 million funt sarfladi.
Fikrlar