
"Chelsi" yozda "bomba" transferlar qiladi
“Chelsi” klubi yozgi transfer oynasi paytida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qilindi.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Raxim Sterling, Kristofer Nkunku, Jonatan Devid, Darvin Nunes va tez orada erkin agentga aylanadigan Usmon Dembele kabi futbolchilar "aristokratlar"ning “short-listi”dan o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, “Chelsi” ustozi Tomas Tuxel klubning old chiziq futbolchilari o‘yinidan norozi bo‘lmoqda. Timo Verner, Kay Haverts va Romelu Lukaku kabi top darajadagi forvardlar o‘tgan mavsum bor-yo‘g‘i 21 ta gol urgan. Bu esa "ko‘klar" murabbiyining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha "Chelsi"dan transferlarni amalga oshirish borasidagi sanktsiyalar olib tashlandi. Shu sabab klubi kelasi mavsum oldidan yangi xaridlarni amalga oshirishi mumkin.
Fikrlar