"Chelsi" yozda "Yuventus" bilan futbolchi almashtirmoqchi. Qiziq, kim qaerga yo‘l oladi?

  • 16 aprel, 2021, 17:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" va "Chelsi" yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘zaro futbolchi almashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “keksa sinora” himoyachisi Aleks Sandro Londonga, “aristokratlar” himoyachisi Emerson Palmeri esa Turinga yo‘l olishi mumkin. Har ikkala futbolchi ham chap qanotda harakat qiladi.

Agar kelishuv amalga oshsa, “Chelsi” Sandro uchun “Yuventus”ga qo‘shimcha to‘lov qilishga to‘g‘ri keladi.

Aleks Sandro joriy mavsum "Yuventus"da 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 assist yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi 28 million evroga baholanmoqda.

Emerson esa bu mavsum "Chelsi"da 14 ta o‘yin o‘tkazdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning transfer narxi 15 million evroni tashkil etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!