“Chelsi” “Yuventus” himoyachisiga taklif bilan chiqdi
Londonning "Chelsi" klubi "Yuventus" himoyachisi Daniele Ruganining transferi borasida rasmiy taklif yubordi. Bu haqda Evening Standard xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “aristokratlar” 23 yoshli futbolchi uchun turinliklarga 40 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Rugani o‘tgan mavsum “Yuve” safida jami 26ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar