“Chelsi”da katta tozalash boshlanadi, fanatlar hayron!

  • 4 iyun, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Todd Byoli yozda tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilish bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

Tecno

Yangi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga kelasi mavsumdan boshlab, jamoada qo‘llaniladigan o‘yin uslubiga mos futbolchilarni olib kelish vakolati berildi.

Argentinalik mutaxassis klub xayrlashmoqchi bo‘lgan o‘yinchilardan faqat Meyson Mauntni olib qolishga qiziqmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, qolgan futbolchilar klub rahbariyatining qat’iy talablariga javob bermasa, o‘ziga boshqa ish topishi kerak. Xususan, Pochettino kelasi mavsum Hakim Ziesh, Per-Emerik Obameyang, Eduar Mendi va Romelu Lukakuni o‘ynatmoqchi emas.

Mateo Kovachich, Meyson Maunt, Kristian Pulishich, Ruben Loftus-Chik kabi futbolchilarning kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

Kalidu Kulibali hamda Rahim Sterling kabi tajribali o‘yinchilarning  jamoadagi joyi ham kafolatmanmagan.

“Chelsi” muxlislari tarkibni tubdan o‘zgartirish jamoa o‘yiniga salbiy ta’sir qilishidan xavotirda ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!