"Chelsi"da kursisi qimirlab qolgan Sarri "Yuventus"ga yo‘l olishi mumkin
"Yuventus" klubining yangi bosh murabbiyi "Chelsi" ustozi Mauritsio Sarri bo‘lishi mumkin. Bu haqda SNAI Sportnews xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” rahbariyati mavsum yakunlangach “aristokratlar” boshqaruvidan chetlatilishi mumkin bo‘lgan 60 yoshli italiyalik mutaxassisni jamoaga olib kelmoqchi.
Turinliklarda shuningdek Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham va "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino nomzodlari ham bor. Biroq, ularni qo‘lga kiritish deyarli imkonsiz.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Massimiliano Allegri mavsum yakunlangach "Yuventus"dan ketishi haqida e’lon qilingan edi.

Fikrlar