“Chelsi”dan ko‘pchilik ketadi

  • 2 oktabr, 2022, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Grem Potter klub xo‘jayini Todd Byoli kutgan mutaxassis bo‘lib chiqdi. Potter avvalgi bosh murabbiy Tomas Tuxeldan farqli ravishda klub transfer siyosatida faol ishtirok etmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Potterning yordamchisi Kayl Makkoli “Chelsi” bazasida taniqli futbol agentlarini to‘plab, ularga bosh murabbiy birga ishlamoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etgan.

Angliyalik murabbiy asosiy e’tiborni ichki chempionatdan o‘yinchi olishga qaratmoqda. U klubdan xorijdan qimmatbaho yulduzlarni olib kelishni talab qilmaydi.  Murabbiyning bu ishi Todd Byoliga juda ma’qul kelgani aytilmoqda.

Grem Potter birinchi navbatda “Brayton”da o‘zining qo‘l ostida o‘ynagan Moyzes Kaysedo va Leandro Trossarni olishni ko‘zlab turibdi.

Shuningdek, yangi bosh murabbiy o‘ziga kerak bo‘lmaydigan futbolchilar ro‘yxatini ham tuzib qo‘ygan. Yanvardan boshlab, klub rejaga kiritilmagan bir guruh o‘yinchilar bilan xayralasha boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!