
"Chelsi"ga yana "Brayton" futbolchisi kerak
"Chelsi" "Brayton" hujumchisi Evan Fergyussonga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Nizaar Kinsellaning xabar berishicha, "ko‘klar" irlandiyalik futbolchiga ancha vaqtdan buyon qiziqish bildirib kelyapti. "Chaykalar" o‘z hujumchisi uchun kamida 100 million funt talab qiladi. Sababi, yozda London klubiga sotib yuborilgan Moyses Kaysedo transferidan so‘ng klub yana bir muhim futbolchisini yo‘qotishni istamayapti.
Qayd etish lozim, "aristokratlar" ikki transfer oynasida "Brayton"ning uch futbolchisi Mark Kukurelya, Robert Sanches va Moyses Kaysedoni 200 million funt atrofida pul sarflab o‘z safiga qo‘shib olgan.
Fikrlar