
“Chelsi”ni ikki futbolchi tark etdi
“Chelsi” rasmiy sayti jamoani ikki yosh futbolchi tark etgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelning ishonchiga kira olmayotgan Ian Maatsen va Konor Gallaxer yangi mavsumni ijara asosida boshqa jamoalarda o‘tkazadigan bo‘ldi.
Maatsenni “Koventri Siti”, Gallaxerni esa “Kristal Pelas” bir yil mavsumga ijaraga olgani xabar qilinmoqda.
19 yoshli chap qant himoyachisi Ian Maatsenni Tuxel avvaliga asosiy tarkibga kiritmoqchi edi. Biroq, keyinchalik uning muntazam o‘yin amaliyotini ta’minlash maqsadida ijara varianti ma’qul topildi.
21 yoshli yarim himoyachi Konor Gallaxerning ham asosiy tarkibga kira olmasligi tufayli ijaraga berishga qaror qilishdi. Har ikki futbolchi yangi jamoada bir mavsum o‘ynab, kelasi mavsum oldidan “Chelsi”ga qaytadi.
Fikrlar