
"Chelsi"ni portugaliyalik mutaxassis boshqarishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi “Yuventus”ga ketishi aytilayotgan Mauritsio Sarri o‘rniga munosib murabbiy qidirishni davom ettirimoqda.
The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar”ning bu boradagi short-listidan "Vulverxempton" ustozi Nunu Eshpiritu Santu ham joy oldi. Ta’kidlash kerakki, portugaliyalik mutaxassis ushbu jamoani 2017 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa yakunlangan mavsum APLda 7-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” bosh murabbiyligi uchun Frenk Lempard ("Derbi Kaunti") va Xavi Grasiya ("Uotford") kabi mutaxassislar nomzodi borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar