"Chelsi"ning sobiq futbolchisi: Rahbariyat Potterni ishdan bo‘shatib to‘g‘ri qildi. Chunki...

  • 11 aprel, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning sobiq yarim himoyachisi Jon Obi Mikel bosh murabbiy Grem Potterni ishdan bo‘shatgan “aristokratlar” rahbariyatining qarorini ma’qulladi.

Tecno

“Unga etarlicha vaqt berildimi? Menimcha ha. Klub hozir qaysi o‘rinda - 11-da?

Menimcha, vaqt etarli edi va klub to‘g‘ri qaror qabul qildi.

Bu klub uning uchun juda kattalik qildimi? Balki. Ba’zan menga u nima qilishni bilmaydigandek tuyulardi. U futbolchilar bilan gaplashmaydi, ularga maydonda nima qilish kerakligini aytmaydi.

Menga har doim mas’uliyat yuklaydigan, o‘zini ishtiyoq bilan tutadigan murabbiylar yoqadi. Murabbiyning o‘yinchilarga baqirishi, nima qilish kerakligini aytishi menga yoqadi. Ba’zida futbolchilarni uyg‘otish uchun tepish kerak bo‘ladi. Men Potterning ishida bunday narsani ko‘rmadim”, - dedi jamoaning nigeriyalik sobiq futbolchisi Dubai Eye radiosiga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
11/04/2023 21:50
Бу Г.Поттер деганларининг характери, Сугдиёнанинг олдинги мураббийи Ё.Назаровни характерига жудаям ухшаб кетар экан.
Ё.Назаров хам узининг футболчиларига каттик гапира олмасди, куркканидан.
Бирортаси гап кайтариб колмасин деб.
Шунинг учун бу иккила мураббийларнинг натижалари хам жуда ёмон куринишда булди.