
"Chelsi"ning sobiq hujumchisi "Lokomotiv"da ish boshlashi mumkin
Senegallik mashhur futbolchi Demba Ba Moskvaning "Lokomotiv" jamoasida faoliyat boshlashi mumkin.
PariFoot au Senegal xabariga ko‘ra, Rossiya klubi "Chelsi"ning 36 yoshli sobiq hujumchisini sport direktori lavozimiga tayinlash variantini ko‘rib chiqmoqda.
Ba nomzodini “temir yo‘lchilar”ning sport va rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Ralf Rangnik qo‘llab-quvvatlamoqda.
Sobiq hujumchi hozir Moskvada. U nemis mutaxassisidan menejerlik ishini o‘rganish uchun kelgan.
Fikrlar