Chempionlar ligasi: Chorak final taqvimi aniq bo‘ldi
Yevropa qit’asining eng nufuzli musobaqasi – UEFA Chempionlar ligasining joriy mavsumida chorak finalning barcha ishtirokchilari aniqlandi.
Endi yarim finalga chiqish uchun “Real”, “Bavariya”, “Sporting”, “Barselona”, “Atletiko”, “Arsenal”, “Liverpul” va “Pari Sen-Jermen” klublari kurashni davom ettiradi.
Chorak final uchrashuvlari aprel oyida tashkil etiladi. Ta’qvim bilan tanishing:
8 aprel
“Sporting” — “Arsenal”
“Real” — “Bavariya”
9 aprel
“Barselona” — “Atletiko”
PSJ — “Liverpul”
15 aprel
“Atletiko” — “Barselona”
“Liverpul” — PSJ
16 aprel
“Arsenal” — “Sporting”
“Bavariya” — “Real”.
Eslatib o’tamiz, Chempionlar ligasining amaldagi g’olibi PSJ hisoblanadi. Luis Enrique shogirdlari bu mavsum ketma-ket ikkinchi bor bosh sovrinni Parijda olib qolmoqchi.

Fikrlar