
Chempionlar Ligasi qaytmoqda (Erkinjon G‘aybullaev blogi)
Zizu va Pep o‘rtasidagi duel qiziqarli o‘tadi
Ikkala murabbiy o‘rtasidagi bahs kamida yarim final shiddatini beradi. Uni ustida “shaharliklar” Chempionlar Ligasi bahslaridan diskvalifikatsiyaga uchradi. Bu esa ularga mana shu mavsumda bor kuchini yig‘ib, yanada oldinroqqa borishiga o‘ziga xos motivatsiya bo‘ldi. “Qaymoqranglilar” o‘tgan mavsumda “Ayaks”ni kuchiga etarli baho bera olmaganliklari yodida, “shaharliklar” esa mana shu tarkib bilan nimadir qilib qolish kerakligini, keyin esa evrokuboklardan uzilib qolib, barchasi o‘zgarishini his qilib turishibdi.
Chempionlar Ligasi gollarga boy bo‘lishi kutilmoqda
O‘tgan mavsumdagidek, bu safar ham gollarga boy pley-offni ko‘rishimiz mumkin. Hattoki, “Atletiko” va “Liverpul” bahsida ham, “matraschilar” amaldagi chempionni yo‘ldan olib tashlash uchun golli vaziyatlarni ko‘paytirishga majbur. Dortmund Parijga qarshi, Bergamo Valensiyaga, London esa Leyptsigga qarshi. “Barselona” va “Bavariya”dan ham gollar shousi kutilmoqda. Ronaldu Lionga kelishdan oldin hordiq chiqarib oldi, “Real” va “Man Siti” bahsida esa nursiz durrang kutish qiyin masala. Bu safargi pley-offning ustun jihati – barcha jamoa hujumkorlikni sevadi. Bugun hammasi boshlanadi!
O‘tgan mavsum shu bosqichda 16 ta o‘yinda jamoalar 52 ta gol urishgandi. O‘rtacha hisobda har bir o‘yinga 3,25 tadan gol to‘g‘ri keladi. Bu safargi natijalar qanday bo‘lishini kuzatamiz.
Hech qaysi juftlikda autsayderlar yo‘q.
Odatda, pley-offning dastlabki bosqichida, 10:2 ko‘rinishidagi hisoblarni ko‘rardik (“Manchester Siti” ikki o‘yinga ko‘ra “Shalke”ni xuddi shu hisobda mag‘lub etgan edi) “Barselona”ning “Lion”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratganini, “Bavariya” “Beshiktosh”ga 8 ta gol urganini, “Liverpul” “Portu”ni 5:0 hisobida enganini va yana bir qancha yirik hisobdagi bahslarni eslaymiz. Hammasi jamoalar darajasi o‘rtasidagi tafovut tufayli edi. Ushbu mavsumdagi pley-offda barcha top-5 dagi jamoalar qatnashyapti. Agarda “Napoli” “Barselona”ga jiddiy qarshilik qila olsa, biz bu bosqichda favorit hisoblanganlarga ham qiyin bo‘lishini taxmin qilishimiz mumkin.
Barcha jamoalar ichida faqatgina “Napoli” pastroq natija qayd etib turibdi, ya’ni A Seriyada 11 o‘rinda boryapti. Bu safargi pley-offda barcha jamoalar top-5 talikdan.
Yosh jamoalar bosimni ko‘tara olishadi
“Leyptsig”, “Lion”, “Borussiya” va “Chelsi” – yoshlarga ko‘proq imkoniyat berayotgan jamoalar hisoblanadi. Sancho, Upamekano, Auar, Maunt, Tomori, Abraxam yoki Xakimilar Chempionlar Ligasi da tarjibasi kam bo‘lgan futbolchilar hisobanishadi. “Leyptsig”da Olmo paydo bo‘ldi, “Borussiya”da esa Xoland. Bu erga yana Nagelsmann va Lempardni ham qo‘shishimiz mumkin. Ular murabbiylik postida yangilar hisoblanadi va ularga ham bu bosqich tarjiba to‘plash uchun yaxshi imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.
“Leyptsig” jamoasining o‘rtacha yoshi – 24,22 bo‘lsa, “Lion”da - 24,36; “Chelsi”da – 25,14; “Borussiya”da – 25,86. Hattoki, “Atletiko” ham tarkibi yoshargan jamoa hisoblanadi – 26,2. Yosh jamoalar va ularning yosh murabbiylari o‘rtasida ham jang bo‘ladi. Murabbiy Nagelsmann Messidan ham kichik.
Birinchi o‘yin g‘oliblarni aniqlamaydi
Albatta, “Liverpul”, “Bavariya” yoki “Barselona” muxlislari sevimli jamoalari mehmonda hamma narsani hal qilib kelib, keyingi o‘yingacha xavotirli hisob qoldirmasligini istashadi. Lekin “Atletiko”, “Chelsi”, “Napoli”lar oddiy jamoalarmi? Barcha jamoalar top-5 likdan ekanligini hisobga olsak, ular jiddiy o‘yinlarga o‘rganib ketishgan. Qaysidir jamoa birinchi o‘yinda katta hisobda yutsa ham, bu uni keyingi bosqichga chiqishiga kafolat bermaydi. “Yuventus” “Lion”ni yirik hisobda yuta olmasligi mumkin. Fransuzlar jiddiy tayyorgarlik ko‘rishadi, “Napoli” ham “Barsa”ga qarshi o‘yinga boshqacha nigoh bilan qarayapti. Intriga javob o‘yinigacha saqlanib qoladi.
O‘tgan mavsumda 8 ta juftlikdan 4 tasida kambek yuz bergandi – “Ayaks”, “Yuventus”, “Manchester Yunayted” va “Portu” birinchi o‘yindagi mag‘lubiyatga qaramasdan, ikkinchi o‘yinda raqiblarini mag‘lub qiishgan edi. Bu safar ham qig‘in bahslar guvohi bo‘lishimizga umid qilamiz.
Chempionlar Ligasida hakamlarga e’tirozlar bo‘lmaydi
VAR chiqqanidan so‘ng, hakamlarga nisbatan e’tirozlar ham biroz kamaygandek. Ammo baribir VAR - bu texnologiya. Chempionlar Ligasida eng yaxshilar ishlashi kerak. Bir paytlardagidek, Kollina kabiyu. To‘g‘ri, unda ham xatolar bo‘lgan, u ham inson, ammo futbolni jozibasini buzib qo‘ymas edi.
O‘tgan mavsumdan oldingisida “Real” va “Liverpul” o‘yinida hakamlar qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishgan edi. O‘tgan mavsumda esa e’tirozlar kamaydi. Bu mavsumda barchasi boshqacha bo‘lishiga umid qilamiz.
Eng yaxshi futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishadi
Guruh bosqichida 95 ta futbolchi 22 yoshdan kichik ekanligini ko‘rdik. Bu juda ko‘p. 247 ta 25 yoshdan kichik bo‘lgan futbolchilar bor edi. “Qariyalar” ham muhim rol o‘ynashadi. Levandovski, Messi va Krosslar jamoalariga keyingi bosqichga chiqishga katta yordam berishdi. Ronaldu o‘z navbatini kutyapti, Neymar jarohatidan qutulsa, maydonga tushadi. Sancho, De Bryuyne, Di Mariya, Verner, Marez, Benzema, Roys, Mane – Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida qahramonlar judayam ko‘p.
O‘tgan mavsumda Messi 12 ta gol urgandi, Mbappe esa eng yaxshi assistant edi. Barcha yulduzlar diqqat markazda bo‘lolmadi. Chunki, “Tottenxem” va “Ayaks” yarim finalgacha borishdi. Ko‘pgina yulduzlar jamoalari bilan keyingi bosqichlarga chiqa olmay qolib ketishgandi. Bu safar esa yulduzlar to‘qnashuvlariga ham guvoh bo‘lamiz.
Fikrlar