Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

  • 9 mart, 2023, 11:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA joriy hafta bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yinlarining eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

"Milan" himoyachisi Fikayo Tomori "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda (0:0) raqib darvozasi tomon 2 ta zarba berdi va 8 ta vaziyatda to‘pni raqibdan qaytarib oldi.

"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller PSJ bilan o‘yinda (2:0) 31,4 km/soat tezlikka erishdi.

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o‘yinda (2:0) raqib darvozasiga 2 ta zarba berdi va 10 ta vaziyatda to‘pni raqibdan qaytarib oldi.

"Benfika" yarim himoyachisi Rafa Silva "Bryugge"ga qarshi o‘yinda (5:1) darvoza tomon 3 ta zarba yo‘llab, 1 ta gol urdi, maksimal tezlik - 32,6 km/soat.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!