Chempionlarni tayyorlash (2-qism)

  • 28 avgust, 2019, 17:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdievni akasi Mahmayusuf Berdievning Chempionlarni tayyorlash sirlari haqidagi blogning 1-qismini e’tiboringizga havola etgan edik. Bugun ushbu mavzuning 2-qismini o‘qib chiqishingiz mumkin. 

Tecno

RUHIYaT!

Ruhiyat haqidagi fan qolgan hammasini yo‘qqa chiqaradi! Uning oldida boshqa fanlar ish bermaydi!

Uning oldida boshqa hech qanday qonunlar ishlamaydi. Uning o‘z qonun - qoidalari bor va barcha savollarga javob beradi. Inson ruhiyati o‘z sohibiga ulkan imkoniyatlarni baxsh etadi. Biroq afsuski, Ruhiyatni nimalarga qodirligini kamdan kam odamlargina bila oladilar. 

Bugungi kundagi zamonaviy psixologiya fani, aytaylik, Volfgang Amadey Motsart, Van Betxoven, Mekelanjelo, Alisher Navoiy, Umar Xayyom yoki futbol sohasidagi daxolar Pele, Maradona, Lionel Messi va o‘zimizning Mirjalol Qosimov iste’dodini ilmiy jihatdan asoslab bera olmaydi. Ular tomonidan yaratilgan bebaho ijod namunalari, shunchaki ularning ruhiy quvvatining ekvivalenti - natijasidir. Men uchun esa ular tomonidan yaratilgan narsalar muhim emas, balki yaratish jarayoni muhimdir.

Shunday ekan, bu fan xali "ochilmagan qo‘riq" yoki "tesha tegmagan tosh"dir. Bu fan buyuk kashfiyotlar bo‘sag‘asida turibdi. Aynan mana shu kashfiyotlar o‘zbek futbolining buyuk muvaffaqiyatini ta’minlab beradi.

Bu insonlarning iqtidori tasodif emas, balki ruhiy qonuniyatlarga binoan sodir bo‘ladi. Pele, Maradona, Lionel Messi singari futbolchilarning iqtidorini ilmiy nuqtai nazardan ochib berish uchun nazariy asoslar etarli, faqatgina futbolchilarimiz amalda qo‘llash uchun metodikasini yaratish qoldi, xolos.

Metodika - bu qo‘llanma. Futbolchilar shunday olishadi-da, amalda qo‘llaydilar va muvaffaqiyatga erishadilar. Lekin, buning uchun..., ancha ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. (ataylab qo‘rqitayapman).

Har bir dunyoga kelgan inson buyuk iqtidor sohibidir! Bu - mening nuqtai nazarim uchun shunday.

Boshqalar uchun, balki boshqachadir...  Xudo hammaga bir xil imkoniyat berib qo‘yibdi. Kimdir iste’dodli, kimdir iqtidorsiz emas. Shunchaki uning atrofida yaratilgan "muhit" va futbol (kasbi)ga bo‘lgan munosabati uning qobiliyatlarini shakllantirishi mumkin yoki aksincha...

Demak, inson - uchta muhim omil (faktor) Ruh, Qalb va tanadan iborat.

1. Ruh - Ong va Botiniy ongdan iborat.

654654654

 

A. Ong - "Shakllangan haqiqat", IShONCh, MANTIQ, REALLIK - BILIM.

V. Botiniy Ong - mittigina ilohiy qismingiz, ma’lumotlar bazasi, boshqa o‘lcham va boshqa kattaliklar, intellekt  - ILM.

Ong va botiniy ongning vazifasi - ma’lumotlarni qabul qiladi, saralaydi, taqqoslaydi va ishonch bilan shakllantiradi. Ya’ni inson ongining aql - idrok qismi ishga tushadi.

a)  Aql - idrokning ichki kuchi - bu Sizning intellektingiz, Sizning bilimlaringiz. Intellekt, bu - chuqurroq farqlay olish qobiliyati. Bu kuch ko‘p jihatdan Sizning xotirangiz qanday ekanligiga bog‘lik.

Sizning tajribangiz, mushohada yuritish tezligingiz qanday? qay hajmdagi ma’lumotlarni ishga sola olasiz, ta’lim olish qobiliyatiga egamisiz, mana shular uning negizini tashkil etadi.

b) Aql - idrokning tashqi kuchi - bu informatsion kuch, ya’ni ma’lumotlar, axborotlar ba’zasi.

Boshqacha aytganda chetdan kirib keladigan bilimlar. Qadriyatlar, qoidalar, qonunlar, shartliliklar va hokazo. Aql - idrokka hamisha ozuqa kerak. Yangi bilim va tajriba ko‘rinishidagi ozuqa. Aql - idrok nimaning hisobiga kuchliroq bo‘lib boradi? Ma’lumotlarga ega bo‘lish va mushohada yuritish tufayli.

QALB

QALB bu - tuyg‘ular makoni. Ijobiy va salbiy.

Ezgulik va yovuzlik.

Havas va hasad.

Sadoqat va xiyonat.

Saxiylik va xasislik.

Ishonch va qo‘rquv.

Muhabbat va nafrat.

Albatta, tuyg‘ular ko‘p. O‘zingizni tahlil qilgan holda o‘zingiz davom ettirishingiz mumkin. Ammo bizning futbolchilarimiz uchun zarur bo‘ladigan eng asosiy tuyg‘ular, bu - ishonch va muhabbat tuyg‘ularidir.

Qalbning ichki kuchi - his - tuyg‘ulardan iboratdir.

Toki, biz qalbga ega ekanmiz, u eng yaxshi sezgilarni his qilishi kerak! Nima bilan mashg‘ul bo‘lsak, nima bilan shug‘ullansak, o‘sha o‘zimiz mashg‘ul bo‘lgan narsaga nisbatan muhabbat kerakmi yoki yo‘qmi? Juda kerak! Bu eng asosiy shartlardan biridir. Shuning uchun ham nima qilishingizdan qat’iy nazar, agar Sizda unga nisbatan muhabbat bo‘lmasa, bu behuda ovoragarchilikni chetga uloqtiring. O‘zingizga nima ko‘proq lazzat bag‘ishlasa, o‘shani qoldiring! Masalan, futbolni.

Muhabbat - bu Sizning qalbingiz hududidagi eng bebaho, benazir tuyg‘udir. Butun insoniyatning asosi muhabbatda jamlangan.

Qalbning tashqi kuchi - dunyoning siz sevadigan qismlaridir. Masalan: futbolga bo‘lgan muhabbat.

Bir o‘ylab ko‘ring-chi, bizlar qalban nimalarga ko‘proq bog‘langanmiz? Qalbingiz tevarak - atrofdagi nimalardan ko‘proq og‘riydi, qalbingiz nimalardan quvonadi? Kuzating, qalbingiz nimadan kuyib pishadi, nimalarni orzu qiladi, nimaga intiladi... Sizni qalbingizga nima kuchlirok ta’sir ko‘rsatishi mumkin? Unga nima qayg‘u va nima quvonch bag‘ishlashi mumkin?

Qalbni qanday qilib kuchli qilish mumkin? Qani bir o‘ylab ko‘ringchi! Sizga qancha qalb jo‘shqinligi kerak? Uni qaerdan olish kerak?

Modomiki, Siz quvonchu shodlikni his qilmayotgan ekansiz, demak, quvonchni manbasini topishingiz kerak. Bu vazifa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!