Gapdon "Nasaf" xodimi qonun oldida ham javob berishi kerak

  • 7 iyul, 14:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha bo‘lib o‘tgan "Dinamo" - "Nasaf" (2:2) uchrashuvidan so‘ng "ajdarlar" matbuot xizmatida ishlovchi Sarvar Bobonazarov o‘zining "X"dagi sahifasi orqali o‘ta "shirin" so‘zlar bilan samarqandlikllar va "Dinamo" muxlislarini "siylagan". Bu erda g‘ayritabiiy tuyulayotgan jihat klub matbuot xizmatida ishlovchi shaxs ijtimoiy tarmoqlarda shunaqa odobsizlik qilishi. Ya’ni, biz miyasini cho‘ntagida olib yuradigan yoki baribir ishlatmayapman-ku, deb sandiqqa solib qo‘yadigan ayrim "tili shirin" muxlislarning bunaqa farosatsiz komment yoki tvitlariga ko‘p guvoh bo‘lamiz. Biroq klub matbuot xizmatida ishlovchi shaxsning saviyasi bunaqa ekanligiga shaxsan men ilk bor guvoh bo‘lishim. 

Aslida, vaziyat faqat saviyaning pastligi bilan yopilib ketishi kerak emas. Bilsangiz kerak, ijtimoiy tarmoqlarda viloyatliklarni yoki toshkentliklarni kamsitgan ayrim "oqsuyak" fuqarolar nechadir sutkaga qamalgani va jarimaga tortilgani holatlariga guvoh bo‘lganmiz. Bu ham xuddi shunga o‘xshash holat va Sarvar Bobonazarov ham qonun oldida javob berishi kerak. 

Bilishimizcha, u  "Nasaf" klubi rahbariyati tomonidan ishdan bo‘shatilgan. Ha, "ajdarlar"ning mediasi bu mavsumda yaxshi ishlayotgandi va Sarvar Bobonazarovning ham bunda o‘z hissasi bor edi. Ish bu - professionalizm. Ahloq umuman boshqa masala. Men har qanday holatda butun boshli viloyatliklarga nisbatan aytiladigan bu kabi so‘zlarni normal qabul qila olmayman. Buni ultra fanatizm emas, ultra ahloqsizlik, deb hisoblayman. Kimdir mana shunaqa boshqa klub va boshqa viloyatliklarni tahqirlovchi tvitlari va kommentlari uchun jazolansa, bu boshqalarga o‘rnak bo‘lishiga ham ishonaman. 


 

Tecno

Karim Xudayqulov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!