
Chempionshipdan APLga yo‘l olgan ikkinchi klub nomi ma’lum
"Bornmut" klubi kecha o‘z maydonida "Nottingem Forrest"ni qabul qildi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, "olchalar" 85 ochko to‘plagan holda chempionshipda 2-o‘rinni naqd qildi. Bu orqali klub kelasi yil Angliya premer-ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Hozirga kelib, chempionshipdan APLga yo‘l olgan ikki klub nomi ma’lum bo‘ldi. Birinchisi "Fulxem", ikkinchisi "Bornmut". Uchinchi klub pley-off bosqichida yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Fikrlar